1 oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni

Joriy yilning 27 sentabr kuni O\'zbekiston Milliy matbuot markazida 1 oktabr-\"O\'qituvchilar va murabbiylar kuni\" umumxalq bayrami munosabati bilan istiqlol yillarida ta\'lim tizimidagi islohotlar hamda \"Obod turmush yili\" Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan \"Uzluksiz ta\'lim tizimini modernizatsiyalash – barkamol avlodni shakllantirishning muhim omili\" mavzusida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani o\'tkazildi. Unda Xalq ta\'limi, Oliy va o\'rta maxsus ta\'lim vazirliklari, O\'rta maxsus kasb-hunar ta\'limi markazi rahbariyati va mutasaddi vakillari ishtirok etdi.

\r\n

Matbuot anjumanida o\'tgan davr mobaynida mamlakatimizda ta\'lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko\'lamli ishlar haqida batafsil ma\'lumot berildi. Xususan, ta\'lim mazmunini yangi sifat bosqichiga ko\'tarish yo\'lida olib borilayotgan islohotlar xaqida:

\r\n

- ustoz va murabbiylarni har tomonlama qo\'llab-quvvatlash. ular mehnatiga haq to\'lash tizimining takomillashtirilishi: o\'quvchilarning darsdan bo\'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida olib borilayotgan tadbirlar, \"Barkamol avlod\" bolalar markazlari moddiy-texnik bazasining yangilanganligi, bolalar musiqa va san\'at maktablari uchun yangi o\'quv binolarining qurilishi, ularning zamonaviy tarzda jihozlanishi; bolalar sportini ommalashtirish yo\'lidagi sa\'y-harakatlar;

\r\n

- o\'rta-maxsus kasb hunar ta\'limi tizimidagi islohotlar. ularga maktab bitiruvchilarini qamrab olish. mazkur tizim bitiruvchilari bandligini ta\'minlashning dolzarb masalalari;

\r\n

- oliy ta\'lim tizimida ta\'lim sifatini oshirish yo\'lidagi chora-tadbirlar. yosh ilmiy tadqiqotchilar va ularni har tomonlama qo\'llab-quvvatlash, chet tillariii o\'qitish tizimining yanada takomillashtirishi, oliy ta\'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash borasida chora-tadbirlar, umuman olganda, yangi o\'quv yili mobaynida ta\'lim sifatini oshirishga qaratilgan istiqbolli rejalar haqida axborot berildi.

\r\n

Mustaqillik yillarida O\'zbekiston ta\'lim tizimida ulkan tarkibiy, tashkiliy va mazmuniy o\'zgarishlar ro\'y berdi. Eng asosiysi. u chindan ham zamonaviy talablarga javob beradigan \"ta\'lim - butun hayot davomida\" paradigmasiga muvofiq uzluksizlik va izchillik kasb etdi.

\r\n

Anjuman so\'ngida jurnalistlar o\'zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.